Toshkentdagi “Chorsu” bozori oldida qora ro‘mol kiygan, shaxsini identifikatsiya qilish imkonini bermaydigan darajada yuzini to‘sib yurgan 22 yoshli yigit ushlandi. Unga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik rasmiylashtirildi.
Profilaktika inspektorlari ko‘rib chiqishi mumkin bo‘lgan ma’muriy huquqbuzarliklar ro‘yxati kengaytirildi. Jumladan, endiklikda «uchastkavoylar» haydovchilarning to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzishi hamda voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishlari mumkin.
Qonunchilikka tuhmat, haqorat qilish, yengil tan jarohati yetkazish va yengil tan jarohatiga olib kelgan YTHlar bo‘yicha ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqishda yarashuv instituti amaliyoti joriy qilinmoqda. Yarashuv faqatgina jabrlangan tomonning tashabbusi bilan va zarar qoplanganidan keyingina amalga oshishi mumkin.
Hukumat qarori bilan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar yagona «E-ma'muriy ish» elektron tizimi orqali amalga oshiriladi. Avtomototransportlarni jarima maydonchalariga qo‘yish hamda chiqarish sud yoki vakolatli organlarning tegishli qarori asosida ushbu tizimdan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan endilikda ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlar ham ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari, ma’muriy huquqbuzarliklarga oid ishlarni nazorat tartibida ko‘rish bekor qilinib, apellyatsiya instansiyasi joriy etildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting